Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:23

Liviyadagi Britaniya va Italiya elchixonalariga hujum qilindi


Liviya hukumati Tripolidagi Britaniya va Italiya elchixonalariga yakshanba kuni hujum qilinganidan afsus bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Qaim politsiya kuchlari Muammar Qaddafiyning o‘g‘li va nabiralari halok bo‘lgan NATO hujumlaridan g‘azablangan olomonga kuchi yetmadi, deya bayon qildi.

Hujumga uchragan elchixonalar binolarida hech kim bo‘lmgan va talafotlar haqida xabarlar bo‘lmadi.

Britaniya o‘zining Tripolidagi elchixonasiga qilingan hujumdan so‘ng Londondagi Liviya elchisini chiqarib yubordi.

BMT yakshanba kuni Tripolidagi idorasiga olomon bostirib kirib, bir nechta mashinani olib ketganidan so‘ng o‘z xodimlarini mamlakatda olib chiqqanini e‘lon qildi.

Ayni paytda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATOni Liviyada “palapartish kuch ishlatayotganlik”da aybalab, NATO kuchlari Qaddafiy va uning oilasini nishonga olmayotganiga oid ta‘kidlarni shubha ostiga oldi.

Rossiya darhol “o‘t ochishni to‘xtatish va bo‘hronni hech qanday shartsiz siyosiy yo‘llar bilan hal etish jarayonini” boshlashga chaqirdi.
XS
SM
MD
LG