Линклар

logo-print
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi yuzdan ortiq Rossiya va qator xorij fuqarolarini Liviyadan evakuatsiya qildi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor.

Vazirlik Operativ axborot bo‘limi boshlig‘i Yelena Smernixning Ozodlikka aytishicha¸ Liviyadan Tunis orqali Domodedovo aeroportiga 31 mart kuni Rossiya va yetti xorij davlatining fuqarolari ham olib kelingan.

- Samolyot bortida jami 105 yo‘lovchi olib kelindi. Ulardan 44 nafari rossiyalik, 38 kishi ukrainalik, besh belaruslik, uch nafar o‘zbekistonlik, olti tojikistonlik, to‘rt bolgariyalik, bir moldovalik va ikki nafari liviyalik, dedi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiysi.

Yelena Smernixning qayd etishicha¸ Rossiya va yettita xorij davlati fuqarolarini Liviyadan Moskvaga evakuatsiya qilish ishlarini Rossi Tashqi ishlar vazirligi uyushtirgan.
XS
SM
MD
LG