Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:56

Londonda Wikileaks asoschisi ustidan sud davom etmoqda


Wikileaks sayti asoschisi Juliyan Assanjni Shvyesiyaga ekstraditsiya qilish -qilmaslik yuzasidan London sudida boshlangan mahkama 8 fevral kuni davom etadi.

Shvyesiya Assanjni ikki ayolga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblamoqda. Assanj esa bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Assanjning advokati Jeffri Robertson, agar u Shvyesiyaga topshirilsa va u yerdan Wikileaks bilan bog‘liq ayblovlar bilan AQShga ekstraditsiya qilinsa, 39 yoshli Assanj o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkinligini aytdi.

AQShning minglab diplomatik maxfiy yozishmalarini o‘z sayti orqali ommaga oshkor qilgan Julian Assanj kecha sudda o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlar siyosiy asosga ega ekanini ta‘kidladi.
XS
SM
MD
LG