Линклар

Oshqozon infeksiyasi xurujini keltirib chiqargan E.coli bakteriyasi Germaniya shimolida yetishtirilgan yashil loviya o‘simtasida topilgan.

Yakshanba kuni bu haqda bildirgan Germaniyaning Quyi Saksoniya zamini qishloq ho‘jalik vaziri Gert Lindemann o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shundan dalolat berishi aytdi.

Hamburg va Hanovyer orasidagi ekinzorlarga mansub loviyalar maxsus tekshirilganida ular tarkibida E.coli bakteriyasi topilgan.

Ayni paytda no‘xat yetishtirilayotgan dalalar o‘rab olingan¸ yemakxona va do‘konlardagi barcha loviyalar musodara qilingan.

Oshqozon infeksiyasi hurujidan Germaniyada 22 kishi o‘ldi. 2200 kishining oshqozon infeksiyasi xurujiga duchor bo‘lgani nemis vrachlari tarafidan qayd qilingan.

Bundan oldin infeksiya tarqalishiga sabab sifatida Ispaniya bodringlari ko‘rsatilgan edi. Ammo sal o‘tib bu versiya yetarli isbotga ega emasligi aytildi.

Ayni paytda nemis mulozimlari ispan bodringlari borasidagi xavotirlar asosli ekanini hanuz ta‘kidlashadi.

Bu bodringlarda E.coli bakteriyasining xavfi ozroq turi mavjudligi aniqlangan.
XS
SM
MD
LG