Линклар

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenka Minsk metrosida bomba portlashiga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingan shaxslar hujum uyushtirganiga iqror bo‘lganini aytdi.

Televideniye orqali chiqish qilgan Lukashenka 12 odam nobud bo‘lgan, 200dan ortiq odam yaralangan hujumni amalga oshirgan shaxslarni tez fursatda topgan xavfsizlik xizmatlarini maqtadi.

- Bugun ertalab soat beshda jinoyat fosh etildi. Kecha kechqurun soat to‘qqizda hech qanday shovqinsiz va bitta ham o‘q uzmay hujum ijrochilari qo‘lga olindi. Ushbu ajoyib operatsiyani amalga oshirish uchun chekistlar va militsiya xodimlarimizga atigi bir kun kerak bo‘ldi. Bugun ertalab soat beshda ular ko‘rsatma berdilar,- dedi Belarus prezidenti.

Lukashenka muxolifat vakillari so‘roq qilinishi lozimligi, chunki “hujumni kim buyurganini” ular bilishlari mumkin, deya qo‘shimcha qildi.

Rasmiylar dushanba kungi portlashni “terrorchilik xuruji” deb atagan.

Chorshanba kuni ertalab Bosh prokuratura Minskdagi portlashga aloqadorlikda gumon qilingan ikki Belarus fuqarosi, jumladan, bombani metroda qodirgan shaxs qo‘lga olinganini ma‘lum qilgan edi.
XS
SM
MD
LG