Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:48

Lukashenka Yanukovichni "bitliqi", deb haqorat qildi


Belarus -- President-elect Alyaksandr Lukashenka gives a press conference in Minsk, 20Dec2010
Belarus -- President-elect Alyaksandr Lukashenka gives a press conference in Minsk, 20Dec2010
Kecha Ukrainadagi Chernobil AESida portlash yuz berganiga 25 yil to‘ldi.

Sana munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda Ukraina Prezidenti Viktor Yanukovich va Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvyedev ishtirok etdi.

Chernobil halokatidan juda katta zarar ko‘rgan Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenka marosimda ishtirok etmadi. Ukrainaga bormagani sababini so‘ragan jurnalistlarga javob berar ekan, u Ukraina prezidentini “bitliqi” (вшивый), deb atadi.

Lukashenka, shuningdek, Yevropa Komissiyasi rahbari Manuel Barrozoni “eshak” (козёл), deb haqorat qildi.

Yevropa Ittifoqidan rahbariyatidan olingan ma‘lumotga qaraganda, Chernobil halokati oqibatlarini bartaraf etishga ko‘mak ko‘rsatuvchi donor davlatlarning Kiyev anjumanida qatnashishga Barrozo unga Lukashenka ishtirok etmagan taqdirdagina rozi bo‘lgan.

AQSh va YeI fikricha, Lukashenka avtoritar rejim rahbaridir.
XS
SM
MD
LG