Линклар

So'ngi 50 kun ichida internet dunyosini alg'ov-dalg'ov qilib yuborgan, AQSh senati, Markaziy Razvedka Boshqarmasi, Sorny korporatsiyasi va boshqa bir qator yirik shirkatlarning veb-sahifalariga hujum uyushtirgan LulzSec xakerlar guruhi kecha o'z faolioyatini tugatganligi haqida e'lon qildi.

O'z bayonotida LulzSec xakerlar guruhi avval-boshdan faqat 50 kun faoliyat yuritish uchun tuzilgani va hujumlari internetdagi AntiSec (aksil xavfsizlik) harakatini jonlantirishga qaratilganini aytib o'tdi.

- So'nggi 50 kun mobaynida biz yirik korporatsiyalarning va hukumatlarning [veb-sahifalarini va ma'lumot bazalarini] keng ommaga oshkor etdik. Chunki bu bizning qolimizdan keladi... Bunday qilishimizdan sabab boshqalarga o'z ishimizni ko'rsatishdir. Hamma bundan bahra olishi kerak. Biz bu harakatning boshqalar tarafidan davom ettirilishini hohylaymiz, so'ranamiz va talab qilamiz. Birgalikda biz zolimlarni yanchib, o'z kuchimiz bilan erishilgan ozodlikga yetishimiz, undan bahra olishimiz mumkin, - deyiladi LulzSec xakerlar guruhining bayonotida.

O'zining ohirgi "inqilobiy" bayonoti bilan birga xakerlar AT&T, AOL, Disney, Federal Tergov Byurosi va boshqa bir qator shirkatlarning veb-saytlariga va ma'lumot bazalariga qilingan hujumlar natiyjasini ham oshkora etdilar.

Eslatamiz, LulzSec xakerlar guruhi so'ngi ikki oy ichida bir qator yirik hujumlar amalga oshirishgan. "Nagliy" xakerlar hatto Markaziy Razvedka Boshqarmasi va Federal Tergov Byurosiga tegishli veb-saytlarga ham hujum qilishdan o'zlarini tiyishmadi. Sony korporatsiyasining serverlari esa LulzSec tufayli katta miqdordagi foydalanuvchilar maxfiy ma'lumot bazasini tashqariga "chiqarib yubordi". AQSh senati va Arizona shtati hukumati ham ham LulzSec tarafidan nishonga olingan edi.

Ozgina vaqt ichida katta shov-shuvga sabab bo'lgan va Twitter sahifasida 270 mingdan ziyod "kuzatuvchi"si bo'kgan LulzSec xakerlar guruhining sahnadan umuman ketishiga ishonish qiyin.
XS
SM
MD
LG