Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:39

Maks Fadeyev: "Googoosha, sen mening yulduzimsan"


Prezidentning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova bor g'arb estrada yulduzi Sting bilan Toshkentda.
Prezidentning to'ng'ich qizi Gulnora Karimova bor g'arb estrada yulduzi Sting bilan Toshkentda.
Rossiya estradasining yorqin yulduzlaridan biri, taniqli prodyuser va kompozitor Maksim Fadeyev o'z muhlislariga "Googoosha" (o'qilishi Gugusha) nomli yangi qo'shig'ini taqdim etdi.

Asosan "Googosha, sen mening yulduzimsan. Googosha, sen mening yuragimdasan" jumlalaridan iborat ushbu qo'shiq "medlyak" janrida bo'lib, muallifning Gugusha ismli qizga bo'lgan muhabbatini hikoya qiladi.

Rossiya estradasidagi taniqli "Yulduzlar Fabrikasi 2", "Yuduzlar Fabrikasi 5", "Serebro", "Glyukoza" va boshqa bir qator yirik loyihalarning muallifi Maksim Fadeyev anchadan beri o'z muhlislarini yangi kompozitsiyalari bilan husand qilmayotgan edi. Ayrim tanqidchilar hatto bunga Fadeyevning "ijodiy tanazzul"i, deya baho berishayotgan edi. Shu bois ham kompozitorning yangi qo'shig'i uning muhlislari tarafidan katta olqishlar bilan kutib olindi.

Kim u sirli Googoosha? Ushbu savol bugun Fadeyevning ko'plagan muhlislarini qiziqtirmoqda. Bu savolga "Yosh to'lqin" tahririyati javob izlashga harakat qilib ko'rdi. Maksim Fadeyev prodyuserlik markazining veb-saytida ko'rsatilgan telefon raqamiga sim qoqib, javob olish uchun qilgan harakatlarimiz samarasiz bo'ldi. Ilojsizlikdan saytda ko'rsatilgan elektron manzilga savolimiz bilan xat jo'natib yubordik. Javob hali kelgani yo'q.

Balkim Maksim Fadeyev o'z qo'shig'ida Googoosha nomi ostida ijod qiluvchi O'zbekiston prezidenti Islom Karimovning to'ng'ich qizi Gulnora Karimovani nazarda tutgandir? Harqalay Googoosha ismi keng tarqalmagan ism. Google va Yandex qidiruv tizimlarida bu ism Gulnora Karimova ismi bilan yonma-yon ketadi. Boz ustiga Gulnora Karimova taniqli qo'shiqchi va kompozitorlar bilan yaxshi aloqada.

Maksim Fadeyevning o'zi javob bermaguncha bu haqda faqat taxmin qilishimiz mumkin, holos. Maksim Fadeyev prodyuserlik markazining rasmiy YouTube lentasida e'lon qilingan "Googoosha" qo'shig'i ostida yozilgan sharh esa qisqagina "qo'shiq 2010 yili Gugusha ismli yosh qizga atab yozilgan" deydi.

Maksim Fadeyev - "Googoosha"



Chet el estradasida O'zbekistonga oid mavzularning so'ngi vaqtda mashhurlashib borayotganini kuzatgan bo'lsangiz kerak. Rossiya estradasining taniqli "Akvarium" guruhi kuylagan "Sirli o'zbek" qo'shig'i va AQSh estradasi yulduzi Ke$haning O'zbekiston Oliy Majlisiga deputat bo'lgani haqida yozgan edik.
XS
SM
MD
LG