Линклар

logo-print

Maksim Shatskih O'zbekistonning eng maoshi katta sportchisi


Maksim Shatskix "Dinamo" Kiyev safida 215 o'yin o'tkazi, ularda 97 marta gol urgan.

Maksim Shatskix "Dinamo" Kiyev safida 215 o'yin o'tkazi, ularda 97 marta gol urgan.

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Maksim Shatskix taniqli "ESPN Magazine" sport jurnali tarafidan O'zbekistonning eng maoshi katta sportchisi deya tan olindi.

Sport jurnaliga ko'ra, ayni damda Kiyevning "Arsenal" futbol klubida to'p surayotgan Maksim Shatskixning yillik maoshi 120 ming AQSh dollariga teng.

10 yildan buyon Ukraina oliy ligasisining bir qator klublarida to'p surib kelgan Maksim Shatskix 6 marotaba Ukraina chempioni bo'lib, 5 marotaba Ukraina Kubogini qo'lga kiritgan.

Shatskixning O'zbekiston futboliga qo'shgan hissasi ham ulkandir. U shu kungacha milliy termamiz safida 56 marotaba maydonga chiqib, ularda raqib darvozasini 33 marotaba ishg'ol etgan. Shatskix O'zbekiston terma jamoasi tarixida gol urarlik bo'yicha rekordsmendir. Undan so'ng Mirjalol Qosimov 29 goli bilan ikkinchi o'rnida.

"ESPN Magazine" jurnali tuzgan 182 mamlakat bo'ylab eng oyligi baland sportchilar ro'yxatiga 114 futbolchi, 18 basketbolchi, 12 beyzbolchi, 12 avtopoygachi, 5 golfchi, 5 amerika futboli o'yinchisi, 5 xokkeychi, 4 kriketchi, 3 bokschi, 3 gimnast, 2 tennischi, 1 badmintonchi, 1 motosikl poygachi, 1 sumochi va 1 yaxstsmen kirdi.

Eng maoshi katta sportchi deb amerikalik beyzbolchi Aleks Rodrigez va filipinlik bokschi Manni Pakualoar topildi. Sportchilarning har ikkalasi ham yiliga 32 million AQSh dollariga teng maosh olishadi.
XS
SM
MD
LG