Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:34

Mark Zukerberg Silikon Vodiysidagi eng didsiz erkak


Dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Zukerberg.
Dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Zukerberg.
Mark Zukerberg yana matbuot e'tibori markazida. Nufuzli GQ nashri Facebook tarmog'i asoschisi va multimillarder Mark Zukerbergni Silikon Vodiysidagi eng didsiz va kiyimlariga e'tibor bermaydigan erkak, deya tan oldi.

Erkaklar jurnali bo'lmish GQ so'ngi sonida "Silikon Vodiysidagi eng yomon kiyinadigan 15 erkak" sarlavhali maqola chop etgan edi. Maqolada GQ muxbirlari AQShning texnologik markazi bo'lmish Silikon Vosiysida ter to'kib ishlayotgan erkaklarning eng "stil"sizlarini tanlagan.

Qizig'i shundaki, didsiz 15 erkakning birinchi uchtaligiga internet va so'ngi texnologiyalar bobida ularga tengi yo'q uch milliarder kirgan. Forbs jurnali bo'yicha 13,5 milliard AQSh dollari egasi va eng katta ijtimoiy tarmoq bo'lmish Facebook sayti asoschisi 27 yoshli Mark Zukerberg ularning birinchisidir. Ikkinchi o'rinda boyligi 8,3 milliard AQSh dollari teng va iPhone, iPod, iMac kabi "daxshat" gadjetlarni ishlab chiqaruvchi Apple shirkati rahbari Stiv Jobs turibdi. Uchinchi o'rinni esa kompyuterlar dunyosida haqiqiy inqilob yasagan, siz ayni damda ishlatib tugan Windows ishlash tizimi asoschisi va boyligi qariyb 56 milliard AQSh dollariga (!) teng Bil Geyts egalladi.
Silikon Vodiysi AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan. U yerda eng oldi texnologiyalar va internet shirkatlarining idoralari joylashgan.

GQ muxbirlarining yozishicha, Mark Zuckerberg bundan bir necha oy oldin AQSh prezidenti Barak Obama bilan bo'lgan uchrashuvida didsiz galstuk, keng kostyum va jinsi shim kiyganligi uchun "eng didsislar"ning ichida birinchi o'rinni oldi. Stiv Jobs va Bil Geytslar esa har doim bir hil turdagi kiyim kiyib yurishgani bois ushbu ro'yxatga kiritilgan.

Ana holos... Dunyodagi eng boy odamlar eng didsiz kiyim kiyganlikda ayiblanmoqda. Balkim bunga amerikaliklarning o'ziga hos dunyo qarashi sababchidir? Balkim ularda boylik har doim ham hashamatga tenglashtirilmas? Bizda, ayniqsa bizning yoshlar orasida boylikga nisbatan tushuncha boshqachami? Agar yuqoridagi aytilgan "didsiz" insonlar O'zbekistonda bo'lganda ularni hech kim tushunmagan bo'lsa kerak edi. Ahir bizning tushunchada boy inson hamisha kiyimlarning, qolaversa barcha narsaning eng oldisini oliadi-da.

Siz bunga qanday qaraysiz, aziz mushtariy?
XS
SM
MD
LG