Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:17

Mark Zukerberg endi komiks kitobi qahramoni


"Mark Zukerberg: Facebookni yaratgan ison" komiks kitobining jildi.
"Mark Zukerberg: Facebookni yaratgan ison" komiks kitobining jildi.

Dunyodagi eng yosh milliarderlardan biri, hotamtoy, internetdagi eng katta ijtimoiy tarmoq bo'lmish Facebook saytining asoschisi Mark Elliot Zukerberg komiks kitobi qahramoniga aylandi.

"Mark Zukerberg: Facebookni yaratgan ison" deb nomlangan 48 varaqli komiks kitobi 24 fevral kuni savdo peshtaxtalariga chiqdi. Kitob mualliflarining ta'kidlashicha, komiks filmdan farqli o'laroq mashhur Zukerbergning hayotiga va Facebookning yaralish tarixiga neytral nuqtadan va faqat haqiqiy faktlarga asoslanib nazar soladi.

26 yoshli Mark Zukerberg o'zining 7 milliard AQSh dollari bilan dunyoning eng yosh va tez boyigan milliarderlarining biridir.

Esingizda bo'lsa o'tgan yilning kuz oylarida Facebookning yaratilishi va Mark Zukerberg shaxsiyati haqida suratga olingan "Ijtimoiy tarmoq" nomli film taqdim etilgan edi. Film senariysiga ko'ra, Mark geniy odam, biroq u juda ham qo'rs va qo'ygan maqsadiga erishish uchun hamma narsaga tayyor. Shuning uchun ham Mark Facebookdagi faoliyati davomida saytga asos solinishda o'z xissasini qo'shgan bir necha insonlarni "kidat" qilgan. Keyingi haftaga belgilangan Oskar taqdimotida marosimida "Ijtimoiy tarmoq" filmi ikkita nominatsiya bo'yicha ko'rikda qatnashadi.

Zukerberg asos solgan Facebook sayti bugingi kunning eng katta ijtimoiy tarmog'i bo'lib, unda 642 milliondan ziyod foydanaluvchi bor. Mark Zukerberg 2010 yili AQShning Nyuark (Newark) shahri maktablariga hayriya sifatida 100 million dollar ulashgan edi. Taniqli "Time" jurnali Mark Zukerbergni 2010 yilning eng mashhur odami deb e'lon qildi.

Bugungi kompyuter asri yoshlarini komikslarning klassik qahramonlari bo'lmish Betmen yoki Spaydermen qiziqtirmay qo'yganga o'xshaydi. Mark Zukerberg esa ularga o'xshab yosh va kompyuter "jinnisi"dir. Balkim shuning uchun ham u ko'p yoshlarning yoqtirgan shaxsiga aylangan.

"Mark Zukerberg: Facebookni yaratgan ison" komiks kitoblari AQSh komiks shahobchalarida 7 dollardan sotilmoqda.

XS
SM
MD
LG