Линклар

Xitoyda joylashgan MIC Gadget shirkati Internetdagi eng katta ijtimoiy tarmoq bo'lmish Facebook saytining asoschisi Mark Zukerbergning mitti haykalchalarini ishlab chiqarish va sotishni majburan to'xtatdi.

Bunga sabab Facebook kompaniyasining Xitoydagi yuridik firmasining MIC Gadget shirkatiga yozgan elektron xati bo'ldi. Xabarda Facebook advokatlari Mark Zukerbergning haykalchasini uning ijozatisiz ishlab chiqarish qonunga zidligi va shu bois ularning ishlab chiqarilishi to'xtatilishi kerakligini aytishgan.

- Biz insonlarni bog'lab turuvchi va yana ham yaqinlashtiruvchi insonning (Mark Zuckerberg tahr.) ashaddiy muhlislarimiz. Shuning uchun ham biz "Poking Inventor" nomli haykalchani ishlab chiqara boshladik... Lekin biz o'ylamagan edik bizning mittigina haykalcha janob Zukerbergga yoqmaydi, deb. Facebookning Xitoydagi advokatlari bizga elektron xat yozib, janob Zukerberg haykalchasini uning ijozatisiz ishlab chiqarish va sotish qonunga zid ekanini aytishdi. Shu bois biz Mark Zukerberg haykalchalarini ishlab chiqarishni va sotishni to'xtatishga majburmiz, deyiladi MIC Gadget shirkatining saytida.

Film va komiks kitobi qahramoniga aylanib bo'lgan Mark Zukerberg nima uchun mittigina haykalcha qahramoniga aylanishni hoxlamadi ekan? Bu haqda Facebook advokatlari biror narsa deyishmagan.

Atigi 300 dona ishlab chiqarilgan va barchasi sotilib bo'lgan (donasi 70$) qog'irchoq haykalchalarning narxi spekulyantlar qo'lida yanada oshib ketishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG