Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:25

Markaziy Razvedka Boshqarmasi veb-saytiga hujum qilindi


Seshanba kuni AQSh senati saytiga hujum qilgan "Lulz Security" xakerlar guruhi kecha Markaziy Razvedka Boshqarmasi saytini vaqtincha ishdan chiqarishga erishdi.

MRB veb-saytini ishdan chiqganligi haqida "Lulz Security" o'z Twitter sahifasida e'lon qildi. "Tango tugadi", deya yozgan edi @LulzSec.

Biroq, kiber-mutahassislarning aytishicha, xavotirga o'rin yo'q. Chunki "Lulz Security"ning maqsadi saytlarga hujum qilib, ulardagi maxfiy ma'lumotni olish emas, balki katta shirkat va korporatsiyalar veb-saytlarining zaif taraflarini oshkor qilib, ommaning e'tiborini qozonishdir. Bu haqda xakerlar o'z veb-saytida ham aytadi.

Qisqa vaqt ichida bir qancha kiberhujumlar, jumladan, Soni korporatsiyasi va Amerikaning Public Broadcasting System (PBS) telekompanoyasiga qilingan hujumlar uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan "Lulz Security" xakerlar guruhi juda ham mashxur bo'lib ketdi. Ularning Twitter sahifasini qariyb 164 ming "follower" kuzatib bormoqda.

"Lulz" so'zi Oksford Ingliz tili lug'atiga 2011 yili kiritilgan kompyuter jargoni "LOL" so'zidan kelib chiqib, "qattiq kulmoq" degan ma'noni anglatadi.
XS
SM
MD
LG