Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:50

Marokashda namoyishlar bo‘lib o‘tdi


Yakshanba kuni Marokashning bir qancha shaharlarida qirol Muhammad to‘rtinchi taklif qilgan islohotlarni qo‘llovchi va qarshi chiquvchilarning namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Qirolga muxolif bo‘lgan “20 fevral” harakati faollariga ko‘ra, Marokash uchun qirol taklif qilaëtgan siësiy islohotlar yetarli emas.

Marokash qiroli o‘z vakolatlaridan bir qismini parlamentga berishni va‘da qilgan edi.

Ayni paytda qirol armiya¸ xavfsizlik tizimi va diniy ishlar yuzasidan nazoratni o‘z qo‘lida saqlab qolmoqchi.

1 iyul kuni Marokashda yangi konstitutsiya yuzasidan referendum o‘tkaziladi.

Konstitutsiyani yangilash ishlari mamlakatda demokratik erkinliklarni talab qilgan norozilik tadbirlaridan keyin boshlandi.
XS
SM
MD
LG