Линклар

Marokashliklar podshohidan norozi


Marokashliklar joriy yilning fevral oyida ham siyosiy islohotlar talabi bilan namoyishga chiqishgan edi.

Marokashliklar joriy yilning fevral oyida ham siyosiy islohotlar talabi bilan namoyishga chiqishgan edi.

Marokashning eng yirik shahri Kasablankada yakshanba kuni bir necha ming kishi siyosiy islohotlar miqyosini kengaytirish talabi bilan namoyishga chiqdi.

Aksiya ishtirokchilari fikricha, Marokash podshohi Muhammad VI yaqinda e‘lon qilgan islohotlar rejasi yetarli emas.

Podshoh islohotlar rejasini e‘lon qilar ekan, o‘z vakolatlarining bir qismini parlamentga berajagi, lekin harbiylar, xavfsizlik xizmati va diniy ishlar ustidan nazoratni o‘z qo‘lida saqlab qolajagi to‘g‘risida bayonot bergan edi.

Arab dunyosining boshqa qator davlatlaridagi voqealar ta‘sirida keyingi oylarda Marokashda ham islohotlar tarafdorlarining ommaviy namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
XS
SM
MD
LG