Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:54

9 may O'zbekistonda Xotira va qadrlash kuni


9 may O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanmoqda.

O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari 300 ming so‘mdan pul mukofoti olishdi.

O‘zbekistondagi “Nuroniy” jamg‘armasi ham urush qatnashchilariga sovg‘alar tarqatdi.
Bilasizmi: O'zbekistonda Xotiralash va qadrlash kuni bo'lgan 9 may Markaziy Osiyoning qolgan mamlakatlarida G'alaba kuni deya nomlanadi.

O‘ztelekom shirkati ikkinchi jaxon urushi vyeteranlariga 3 ming so‘m qiymatidagi telefon so‘zlashuv kartalarini sovg‘a qildi. Ayni shirkat urush qatnashchilariga 20 kalimadan iborat tabrik telegrammasini bepul jo‘natishni va‘da ham qildi.

O‘zbekistonda xozir 8 ming nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va 140 ming nafar front orti mehnatkashlari istiqomat qiladi.

Aytib o'tish joiz, ikkinchi jaxon urushi O'zbekiston taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan edi. Urush davrida O‘zbekistonga Moskva¸ Leningrad (bugungi Sankt-Peterbu) kabi shaharlardan ayollar va bolalar bilan birga bir qator maorif va fan ziyolilari, hamda san'at industriyasi evakuatsiya qilingan.
XS
SM
MD
LG