Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:07

Medvedev Karimovga ta‘ziya izhor qildi


Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan zilzila munosabati bilan hamdardlik telegrammasini yubordi.

Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot xizmati ma‘lumot tarqatdi.

“O‘zbekiston hududidagi kuchli zilzila tufayli kishilar qurbon bo‘lgani munosabati bilan samimiy hamdardligimni qabul qiling”, deyiladi Rossiya prezidenti telegrammasida.

19 iyuldan 20 iyulga o‘tar kechasi Farg‘ona vodiysida sodir bo‘lgan zilzilada, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘lgan, 100 ga yaqin kishi jarohatlangan.
XS
SM
MD
LG