Линклар

Medvyedev O‘zbekistonga ikki kunlik tashrifini boshlaydi


RF prezidenti Dmitriy Medvedev (o'ng) va O‘R prezidenti Islom Karimov.

RF prezidenti Dmitriy Medvedev (o'ng) va O‘R prezidenti Islom Karimov.

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedev 13 iyun kuni O‘zbekistonga ikki kunlik ishchi safarini boshlaydi.

Bu tashrif O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimovning taklifiga ko‘ra amalga oshmoqda.

Rossiya prezidenti O‘zbekistonga tashrif davomida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilishi kutilmoqda.

Rossiya O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi.

UzDaily.uz nashri ma‘lumotiga ko‘ra, 2010 yilda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash 55,9 foizga ko‘payib, yilning birinchi choragida 823,3 million AQSh dollarini tashkil qilgan.

2011 yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 1 milliard 284 million dollarga yetib, O‘zbekiston tashqi savdosidagi Rossiyaning ulushi 22,4 foizni tashkil qilgan.
XS
SM
MD
LG