Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:52

Messi Yevropaning eng zo'r futbolchisi deb topildi


Yevropa Futbol Assotsiatsiyalari Ittifoqi (UEFA) Ispaniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messini Yevropadagi 2010-2011 yilgi futbol mavsumining eng yaxshi o'yinchisi deb e'lon qildi.

Messi bu unvonga Fransiyaning Monako shahrida Chempionlar ligasining guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimida loyiq deb topildi. Xabarlarga ko'ra, ovoz berish jarayonida Yevropa futbol ittifoqiga a'zo bo'lgan davlatlardan bir qator jurnalistlar qatnashgan.

"Yevropaning eng zo'r futbolchisi" unvoni yangi bo'lib, u endi UEFAning eski Oltin top unvoni o'rniga beriladi. Eslatamiz, endi Oltin to'p unvoni FIFA tarafidan dunyoda eng zo'r o'yinchi deb topilgan futbolchiga beriladi.

Argentinalik Lionel Messi o'tgan mavsumda jami bo'lib 53 gol muallifiga aylangan. Bulardan 12 tasini Messi "Barsa" tarkibida Chempionlar ligasi o'yinlarida kirgizdi. O'tgan mavsum Chempionlar ligasi final o'yinida "Manchester United" darvozasini ikki marotaba ishg'ol etib, uchrashuv o'yinchisi unvoniga sazovor bo'lgan Messi qatorasiga uch yil liganing eng zo'r topurari maqomini olib kelmoqda.

2010-2011 mavsumida Yevropadagi eng zo'r o'yinchini tanlash uchun o'tkazilgan ovoz berish natilajalari eng zo'r o'ntalikni ham aniqladi:

1. Lionel Messi (Barcelona)
2. Xavi Hernandez (Barcelona)
3. Cristiano Ronaldo (Real Madrid)
4. Andres Iniesta (Barcelona)
5. Falcao (FC Porto)
6. Wayne Rooney (Manchester United)
7. Nemanja Vidic (Manchester United)
8. Zlatan Ibrahimovic (AC Milan)
9. Gerard Pique (Barcelona)
10. Manuel Neuer (FC Schalke)

"Yosh to'lqin" tahririyati Lionel Messi muhlislari e'tiboriga futbolchining 2010-2011 mavsumida kirgizgan eng zo'r gollarining o'ntaligini havola etadi.

XS
SM
MD
LG