Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:03

Minskda muxolifatchilar hibsga olindi


Minsk, 2011 yil 3 iyul.
Minsk, 2011 yil 3 iyul.
Belarus politsiyasi prezident Aleksandr Lukashenka nutq so‘zlayotganda qarsak chalib, unga halaqit berishga uringan muxolifat faollarini hibsga oldi.

Lukashenka 1944 yilda natsist Germaniyasi istilosi tugatilgan kunda nishonlanadigan Mustaqilillik kuni munosabati bilan chiqish qilayotgan edi. Xabarlarga ko‘ra, marosim boshlanishidan avval bir necha kishi politsiya tomonidan potensial muxolifatchi deya olib ketilgan.

Belarus rasmiylari milliy bayram kuni noroziliklarning oldini olish urinishi o‘laroq, Internetdagi ijtimoiy tarmoq saytlarini ham to‘sib qo‘ydi.

Ozodlik muxbirlarining xabar qilishicha, muxolifat namoyishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan Minsk markaziy vokzaliga ko‘plab politsiya kuchlari tashlangan. Politsiya ko‘z yoshi chiqaruvchi gaz sepib, odamlarni hibsga olgan.
XS
SM
MD
LG