Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:29

Misr internetni o'chirib qo'ydimi?


Namoyishchilar 30 yildan buyon hokimiyat tepasida turgan prezident Husni Muborakning iste‘fosini talab qilishmoqda.
Namoyishchilar 30 yildan buyon hokimiyat tepasida turgan prezident Husni Muborakning iste‘fosini talab qilishmoqda.
Yirik axborot agentliklarining xabar berishicha, ayni damda norozilik namoyishlari o'tayotgan Misrda internet butunlayin o'chirib qo'yilgan. Xabarlarda aytishicha, Misr hukumati norozilik namoyishlarini bartaraf qilish uchun bu ishga qo'l urgan.

Namoyish ishtirokchilari norozilik harakatlari davomida Facebook, Twitter va shu kabi boshqa internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanishayotgani uchun Misr hukumati internetga butunlay to'siq qo'ygan bo'lishi kerak, deb yozadi Time jurnali.

Eslatamiz, namoyishchilar 30 yildan buyon hokimiyat tepasida turgan prezident Husni Muborakning iste‘fosini talab qilishmoqda va korrupsiyaning kuchayganidan hamda turmush darajasi pastligidan norozilik bildirishmoqda.
Twitterda Misrda o'tayotgan norozilik namoyushlari #jan25 hashtegi bilan yoritilmoqda.

80 million aholisi bor mamlakatda internet tarmog'ini butunlayin o'chirib qo'yilishi internet tarixida birinchi marotaba yuz berayotgan hodisa. Internet bilan keskin kurash olib boruvchi Xitoy va Eron hukumatlari ham davlat miqyosida internet tarmog'ini o'chirish amaliyotini hali qo'llashmagan.

Mutahassislarning aytishicha, Misrdagi internet provayderlar, ya'ni iste'molchiga internet tarmog'ini yetkazib beruvchi shirkatlarning barchasi hukumat nazorati ostida. Shu bois, namoyishlar keskinlashib ketishini oldini olmoqchi bo'lgan Misr hukumati internet provayderlarga tarmoqni o'chirib qo'yishni buyurgan.

Ayni damda yitik internet provayderlari bo'lmish Link Egypt, Vodafone/Raya, Telecom Egypt va Etisalat Misr shirkatlari internet tarqatish xizmatini to'xtatishgan.
XS
SM
MD
LG