Линклар

Misr shanba, 27 maydan boshlab G‘azo mintaqasi bilan chegaradagi Rafah nazorat-o‘tkazish maskanini ochishga qaror qildi.

Misrning Mena davlat axborot agentligi xabariga qaraganda, chegara maskani juma va bayram kunlaridan tashqari har kuni ertalab 9 dan kechki 9 gacha ochiq bo‘ladi.

Belgilangan tartibga ko‘ra yoshi 18 gacha va 40 dan katta bo‘lgan falastinliklar chegaradan vizasiz o‘tishi mumkin.

Misr muvaqqat hukumatining bu qarori, xabarlarga qaraganda, G‘azoni blokadada ushlab turishni bu hududga qurol-aslaha kirib kelishining oldini olish maqsadi bilan izohlab kelayotgan Isroilning g‘ashini keltirmoqda.
XS
SM
MD
LG