Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:19

Misr muxolifati: hukumat bilan muloqot "dastlabki qadam"


Ayni paytda Qohiraning Tahrir maydonida minglab fuqaro prezident Husni Muborakning iste‘foga chiqishi talabi bilan 14-kun namoyishni davom ettirmoqda.
Ayni paytda Qohiraning Tahrir maydonida minglab fuqaro prezident Husni Muborakning iste‘foga chiqishi talabi bilan 14-kun namoyishni davom ettirmoqda.
Misrda muxolifat guruhlari siyosiy bo‘hronga chek qo‘yish haqidagi hukumat takliflari yetarli emasligini aytmoqdalar.

Faoliyati ta‘qiqlangan Musulmonlar birodarligi va boshqa guruhlar vakillari 6 fevral kuni hukumat bilan muzokara o‘tkazdilar.

Hukumat rasmiylari konstitutsiyani isloh qilishni taklif qildi, biroq muxolifat so‘zlashuvlar faqat dastlabki qadam ekanini aytdi.

Misr hukumati “mart oyining birinchi haftasiga qadar” islohotlar haqidagi takliflarni o‘rganish uchun tomonlar hakamlar va siyosatchilardan iborat qo‘mita tuzishga kelishib olganlarini bildirdi.

Shunungdek, hukumat o‘zgarishlar qanday amalga oshishini kuzatish uchun prezident Husni Muborak o‘z lavozimida qolishiga ishora qildi.

So‘zlashuvlarda ishtirok etmagan Nobel tinchlik mukofoti sohibi Muhammad ElBaradey muzokaralar jarayoni “shaffof bo‘lmagani”ni aytdi.

Ayni paytda Qohiraning Tahrir maydonida minglab fuqaro prezident Husni Muborakning iste‘foga chiqishi talabi bilan 14-kun namoyishni davom ettirmoqda.
XS
SM
MD
LG