Линклар

Misrda internetning to‘silgani 90 million dollarga tushdi


Aksilhukumat namoyishlar sabab Misrda internet besh kunda o'chirib qo'yilgan edi.

Aksilhukumat namoyishlar sabab Misrda internet besh kunda o'chirib qo'yilgan edi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti Misr hukumatining besh kun davomida internet xizmatlarini cheklab qo‘ygani mamlakatga 90 million dollarlik zarar yetkazganini bildirdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ma‘lumotiga ko‘ra, Misrda telefon va internet xizmatlaridan keladigan daromad mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3 – 4 foizini tashkil qiladi. Shu bois, har kungi keltirilgan zarar kamida 18 million AQSh dollariga teng.

Eslatamiz, Misr poytaxtio Qohirada o'tayotgan aksilhukumat namoyishlar sabab Misr hukumati mamalakat bo'ylab internet va mobil aloqa tarmoqlarinin 27 yanvardan 28 yanvarga o'tar kechasi o'chirib qo'yilgan edi.

Tashkilot matbuot kotibi internet xizmatlarining uzoq muddat cheklanishi katta miqdorda moddiy zarar keltirishi barobarida mamlakatga xorij shirkatlarini jalb qilishni qiyinlashtirishidan ham ogohlantirdi.

XS
SM
MD
LG