Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:21

Misrda norozilik namoyishlari 17-kun davom etmoqda


Qohiraning Tahrir maydonini egallab olgan norozilik namoyishchilari parlament binosiga kirish yo‘lini to‘sib qo‘ydilar.

Misr askarlari zirhli mashinalar bilan parlament binosini qo‘riqlamoqda.

9 fevral kuni namoyishlar tinch o‘tdi. Ayni paytda Misr janubidagi El-Xarga shahrida namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda uch kishi o‘lgani va 100 dan ortiq odam jarohatlangani aytilmoqda.

Suvaysh kanalida minglab ishchi maoshlar oshirilishi talabi bilan ish tashladi.

Misrdagi eng yirik va eng kuchli muxolifat guruhi Musulmonlar Birodarligi prezident Husni Muborak darhol iste‘foga chiqishi haqidagi talabdan voz kechmasligini aytdi.

Ayni paytda Musulmonlar Birodarligi hokimiyatni egallab olish niyatida emasligini bildirdi.

Vitse prezident Umar Sulaymon hukumat hokimiyatni bosqichma-bosqich, tinch yo‘l bilan topshirish rejasini ishlab chiqqanini aytdi.

Misr tashqi ishlar vaziri Ahmad Abul G‘ayt agar prezident Muborakka qarshi namoyishlar avj olsa, armiya aralashishi haqida ogohlantirdi.
XS
SM
MD
LG