Линклар

Misrlik chaqaloqqa Facebook ismi berildi


Fevral inqilobida namoyishlarga mezbonlik qilgan Qohiraning Tahrir maydonida "Yashasin Facebook" va "Rahmat senga Twitter" shiorlarini uchratish mumkin edi.

Fevral inqilobida namoyishlarga mezbonlik qilgan Qohiraning Tahrir maydonida "Yashasin Facebook" va "Rahmat senga Twitter" shiorlarini uchratish mumkin edi.

Misrlik Jamol Ibrohim fevral inqilobidan so'ng tug'ilgan qiziga Facebook ismini berdi. CNN telekompaniyasining xabar berishicha, bunga sabab Facebook internetdagi ijtimoiy tarmog'ining sobiq prezident Husni Muborakning iste'fosi bilan yakunlangan Misr inqilobida o'ynagan roli bo'ldi.


2011 yilning 25 yanvarida Misr poytaxti Qohirada boshlangan norozilik namoyishlari 11 fevral kuni 30 yildan beri prezident kursisini egallab kelgan Husni Muborakning iste'fosi bilan yakunlangan edi. 18 kun davom etgan namoyishlarda internetdagi ijtimoiy tarmoqlarning, ayniqsa Facebook va Twitterning roli juda katta bo'lgani haqida va misrlik Google xodimi Vail G'onimning Facebook saytida ochgan mashhur guruhi haqida yozgan edik.

Sobiq Ittifoq davrida ham sotsializm va kommuniz g'oyalaridan ilhomlangan ba'zi Sovet fuqarolari o'z bolalarida Dazraperma1, Mels2, Marlen3, Vilen4, Gertruda5 va boshqa shularga o'xshash ismlarni qo'yishgan. Ularning ayrimlari hali ham "moda"da.

1. Dazdraperma - Да здравствует первое мая! (Yashasin birinchi may! Mehnatkashlar kuni)
2. Mels - Mark, Engels, Lenin va Stalin
3. Marlen - Marks va Lenin
4. Vilen - Vladimir Ilich Lenin
5. Gertruda - Героиня труда (Mehnat qahramoni)

Aziz mushtariy, o'zbeklarda ham shunday ismlar bormi?

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG