Линклар

Al-Qoida guruhi o‘ziga vaqtincha yetakchi etib Sayf ul-Odilni tanlaganini e‘lon qildi.

Bu haqda Al-Jazeera telekanali xabar qildi.

AQSh maxsus kuchlari Al-Qoida yetakchisi Usama bin-Ladinni 2 may kuni o‘ldirganidan keyin terror guruhi lidersiz qolayotgan edi.

Muhammad Ibrohim Makkaviy nomi bilan tanilgan Sayf ul-Odil Misr maxsus xizmatining sobiq polkovnigi bo‘lgan. U 1980 yillarda Afg‘onistonda jang qilgan.

2001 yilda Eronga qochib, u yerda to‘qqiz yil uy qamog‘ida o‘tirgan Sayf ul-Odil, arab matbuotiga ko‘ra, o‘tgan yili Pokistonga kelib Al-Qoida guruhiga qo‘shilgan.

AQSh Sayf ul-Odilni 1998 yilda AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonalarini portlatganlikda ayblagan.
XS
SM
MD
LG