Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:08

Rossiya bo‘ylab namoyishlar uyushtirgan Navalniyga 20 ming rubl jarima solindi


Aleksey Navlniy
Aleksey Navlniy

Moskva shahar Tver tuman sudi Korruptsiyaga qarshi kurash fondi (FBK) muassisi Aleksey Navalniyga Moskva shahri markazida norozilik aktsiyasi uyushtirgani uchun 20 ming rubl jarima soldi.

Bu haqda muxolifatchining matbuot kotibi Kira Yarmish xabar qildi. Navalniy, shuningdek, politsiya xodimi talablariga bo‘ysunmaganlikda ayblanmoqda. Ayblanuvchining o‘zi ustidan qo‘zg‘atilgan ish mazmunidan bexabar ekanligini, bayonnoma imzolmaganini aytmoqda.

Aleksey Navalniy ma’muriy qonunbuzarlikda ayblanib, sudga 27 mart kuni tortildi. Bir kun avval Navalniy Rossiyaning bir necha yirik shahri, jumladan, Moskvada namoyishga chiqqan yuzlab odam bilan bir qatorda qo‘lga olingan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashib nom chiqargan Navalniy "ommaviy tartib buzilishiga olib kelgan yig‘inlarni ruxsat olmasdan uyushtirishda" ayblanmoqda. Bu haqda Rossiya matbuoti xabar berdi. Faol 15 kungacha qamalishi va jarimaga tortilishi mumkin.

AQSh hamda Yevropa Ittifoqi yuzlab namoyishchining qo‘lga olinishini qoralab, ularni zudlik bilan ozodlikka chiqarishga chorlamoqda.

AQSh Davlat departamenti Vashington Navalniy qo‘lga olinganidan xavotirda ekanligini bildirdi.

Davlat departamenti matbuot kotibi Mark Tomer 26 mart kuni e’lon qilgan bildiruvda “Rossiya hukumatini zudlik bilan barcha tinch namoyishga chiqqanlarni ozodlikka chiqarishga chorlaymiz”, deyiladi.

Yevropa Ittifoqi ham Rossiyani fuqarolarning “o‘z fikrini izhor qilish, tinch yig‘inlar o‘tkazish va uyushmalar tuzish erkinligini” poymol qilmaslikka chaqirdi.

Rossiya bo‘ylab ruxsat berilmagan namoyishlarga minglab odam kelgani xabar qilinmoqda.

Ba’zi shaharlarda namoyishchilar politsiya va boshqaruv hokimiyati vakillariga yakshanba kunida shunchaki ko‘cha sayriga chiqqani va hamyurtlari bilan korrupsiyaga qarshi kurash mavzuida suhbatlashib yurganini aytmoqdalar.

Aleksey Navalniyning o‘zi Moskvaning Tver xiyoboni bo‘ylab tushda ko‘cha yurishi boshladi. Biroz so‘ngra, politsiya xodimlari Navalniy hamda uning bir necha sherigini ushlab, xiyobondan olib ketdi.

2 mart kuni Navalniy Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev xayriya jamg‘armalari va nodavlat tashkilotlar vositasida mamlakatdagi boylar hamda davlat banklari xayriya pullarini yig‘ib olib, qimmatbaho aktivlarni sotib olishga sarflamoqda, mazmunida hisobot e’lon qilgan.

Qo‘lga olinganidan keyin Navalniy Twitterda namoyishchilardan “faxrlanishi” hamda qo‘lga olishlarni “tushunish mumkinligi” haqida yozdi.

2011-2012 yillarda Rossiyada katta namoyishlarni uyushtirgan Navalniy prezident Vladimir Putinga yaqin shaxslar darajasidagi korrupsiyani fosh qilish bilan shug‘ullanib keladi.

Navalniy prezident Putinning asosiy tanqidchilaridan biri va korrupsiyaga qarshi kurashib kelayotgan taniqli muxolifat faolidir.

U o‘tgan yil dekabr oyida 2018 yilda Rossiyada o‘tadigan prezidentlik saylovida o‘z nomzodini ilgari surishini bildirgan. Ammo hukumat unga qarshi ilgari surilgan moliyaviy jinoyatga oid da’volar o‘z kuchida qoldirilsa, unga ruxsat bermasligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG