Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:30

Moskvada Bahrom Hamroyev yana kaltaklandi


O‘zbekistonlik taniqli huquq faoli, Rossiyadagi “Memorial” inson huquqlari markazi xodimi Bahrom Hamroyev 6 iyun kuni Moskvadagi uyi yaqinida kaltaklab ketildi.

Hamroyev Moskvaning janub-sharqidagi uyiga qaytayotgan paytda noma‘lum kimsalar hujumiga uchradi.

Baxrom Hamroyev og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining “bezorilik” bandi bo‘yicha ish ochildi.

Kasalxonada muolaja olayotgan huquq faoli bilan telefon orqali bog‘landik va voqea tafsilotlarini surishtirdik.



Bahrom Hamroyevni kasalxonaga borib ko‘rgan “Memorial” faoli Vitaliy Ponomorevning aytishicha, hujum bezorilarning ishi emas.

- Huquq faoliga hujum obdon tashkillashtirilgan. Ular Bahromni kaltaklashdan oldin, uning uyi pod‘ezdi yaqinidagi kuzatuv kameralari obe‘ktivlarini saqich bilan yopishtirishgan. Bittasi uning kelishini kuzatib turgan, yana biri qochib ketmasligi uchun orqadan to‘sib turgan. Kaltaklab bo‘lishgach, uning yuziga gaz balon bilan aerozol purkashgan,- deydi Ponomorev.

Bahrom Hamroyevga hujum uning Murmanskga safaridan bir kun oldin ro‘y berdi.

- Kecha u Murmanskga uchishi kerak edi. U yerda Hamroyev “Hizbut-Tahrir” diniy tashkilotiga a‘zolikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Yusuf Qosimoxunov bilan uchrashishi kerak edi. Sababi 9 iyun kuni ozodlikka chiqarilishi kutilayotgan Qosimoxunovni boshqa sabablar bilan hibsda qoldirib, uni O‘zbekistonga berib yuborishlari xavfi bor edi,- deydi Ponomorev.

“Memorial” xodimlari uning kaltaklanishi aynan shu safari bilan bog‘liq bo‘lishini nazardan soqit qilishmayapti.

Bahrom Hamroyev birinchi marta hujumga uchrayotgani yo‘q. O‘tgan yil dekabr oyida ham u uyi yaqinida noma‘lum kimsalar tarafidan kaltaklangan edi.

- Dekabr oyidagi kaltaklash bo‘yicha haligacha hech kim jazolanmadi. Tergov hujjatlarida Bahromning kaltaklanishi shunchaki bezorilik deb aytilgan. Lekin, dekabr oygi hujum ham bezorilik bo‘lmagan, balki u huquq faoli bo‘lgani uchun ataylab uyushtirilgan hujum bo‘lgan edi,- deydi Vitaliy Ponomorev.

Xalqaro tashkilotlar, jumladan Britaniyadagi “Amnesty International” tashkiloti Bahrom Hamroyevning kaltaklanishini hukumatdan obdon tekshirishni talab etishmoqda.
XS
SM
MD
LG