Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:09

Moskvada bombapanohda yashagan markaziy-osiyoliklar topildi


Moskvada eski zavod hududidagi bombapanohda yashagan 110 nafar markaziy-osiyolik ushlab ketildi.

Moskva shahar Ichki ishlar boshqarmasining G‘arbiy okrugi xodimlari Federal xavfsizlik xizmati va Federal migratsiya xizmati xodimlari bilan birga Mojayskiy shossesi yaqinida joylashgan eski zavod hududida o‘tkazgan amaliyot davomida Markaziy Osiyo fuqarolari bo‘lgan 110 nafar erkak va ayol qo‘lga olinganini xabar qildi.

Moskva shahar Ichki ishlar boshqarmasi inspektori Natalya Tolstoprova Ozodlik bilan suhbatda bularni ma‘lum qildi.

- Dragobushska ko‘chasining 14-uyida joylashgan zavodning sanoat zonasida 7 aprel kuni o‘tkazilgan tadbirda o‘zboshimchalik bilan turar joyga aylantirilgan ikkita ma‘muriy bino va yashash uchun moslashtirilgan bombapanoh aniqlandi. Ushbu zavodning sanoat zonasini tekshirish chog‘ida markaziy osiyolik 110 nafar fuqaro topilib Ichki ishlar bo‘limiga olib kelindi,- dedi Natlya Tolstoprova.

Ma‘lum bo‘lishicha, mazkur zavod sobiq ittifoq davrida maxfiy ob‘ekt hisoblangan va uning hududida bomba panoh ham bo‘lgan.

Ichki ishlar bo‘limi rasmiysiga ko‘ra, hozirda Federal migratsiya idorasi ixtiyoriga berib yuborilgan 110 nafar markaziy-osiyolikdan 16 nafari Rossiya hududida yashash va ishlash huquqini beruvchi hech qanday hujjat ega bo‘lmagan.

Natalya Tolstoprova markaziy-osiyoliklar zavod hududida tikuv mashinalari uchun ignalar va boshqa ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan, deya qo‘shmcha qildi. Ular sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan sharoitda yashagan.

- Eng dahshatlisi, yashash uchun moslashtirilgan binodagi odamlar sanitariya talablariga javob bera olmaydigan kir va iflos sharoitda kun kechirgan. Hamma yerga krovatlar qo‘yilgan. U yerda ovqat pishirish uchun plita ham bo‘lgan. Boshqa hech narsa bo‘lmagan,- dedi Moskva shahar Ichki ishlar boshqarmasi inspektori.

Natalya Tolstoprovaning Ozodlikka aytishicha, hozirda Federal migratsiya xizmati ixtiyorida qolayotgan 110 nafar markaziy-osiyolikni o‘z vatanlariga ekstraditsiya qilish masalasini sud hal qiladi.
XS
SM
MD
LG