Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:27

Moskvada ekstremizmda ayblanayotgan o‘zbekistonlik hibsga olindi


3 fevral kuni Moskvada boshpana izlovchi maqomida yurgan buxorolik Abdusami Rahmonov Rossiya huquq-tartibot organ xodimlari tomonidan mahalliy Migratsiya xizmati bo‘limlaridan birida qo‘lga olingan.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan Moskvadagi Siyosiy qochqinlar jamiyati prezidenti Bahrom Hamroyev so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Abdusami Rahmonovning oila a‘zolari “Hujra” diniy tashkilotini tuzganlikda ayblanib uzoq muddatlarga qamalgan va uning hibsga olinishi O‘zbekiston huquq-tartibot organlari talabi bilan amalga oshgan.

- Shu sababli, O‘zbekiston maxfiy xizmatlari Abdusami Rahmonovni Rossiyadan O‘zbekistonga olib chiqib, uni ham ekstremizmda ayblab qamoqqa tashlamoqchi, deydi huquq faoli Bahrom Hamroyev.

Moskvadagi bir nechta inson huquqlari tashkilotlari Abdusami Rahmonovning hibsga olinishi borasida o‘z xavotirini bildirgan va hozirda uning ozod etilishiga urinmoqda.

So‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, Abdusami Rahmonov Izmaylovo prokuraturasi hibsxonasida saqlanmoqda.
XS
SM
MD
LG