Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:55

Moskvada ikki o‘zbekistonlik o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Moskva oblastida O‘zbekistonning ikki fuqarosi o‘ldirilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston fuqarolari Podolsk shahrining Klara Setkin nomli ko‘chadagi yotoqxonalardan birida qiynoqlar ostida o‘ldirilgan holda topilgan.

Ria-Novosti agentligi xabariga ko‘ra, o‘ldirilganlardan biri 27, yana biri 37 yoshda bo‘lgan va ularning har ikkisi kuchli zarba oqibatida o‘lgan.

Bu holat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining ikki kishiga nisbatan sodir etilgan qotillikka oid 2-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aybi isbotlangan taqdirda jinoyatchiga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG