Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:33

Moskvada o‘zbekistonliklar sud qilinmoqda


Advokatlar ayblanuvchilar aybiga iqror bo‘lganini aytmoqda.
Advokatlar ayblanuvchilar aybiga iqror bo‘lganini aytmoqda.
Moskva shahar sudida Rossiyada faoliyat olib borgan fransiyalik taniqli tadbirkor Terri Gi Spinelli va uning oilasini o‘ldirganlikda ayblanayotgan to‘rt nafar o‘zbekistonlik ustidan sud jarayoni davom etmoqda. Sud davomida ayblanuvchilar o‘z ayblarini qisman tan olganliklari aytilmoqda. Ayblov xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Spinelli oilasi uyiga bostirib kirib, tadbirkorni va qizchasini o‘ldirgan, xotinini o‘ldirishdan avval esa zo‘rlagan.

Moskva shahar sudida 2009 yilning 20 aprelida Moskvada sodir etilgan qotilliklarda ayblanayotgan bir guruh o‘zbekistonliklar ustidan sud mahkamasi davom etmoqda. Moskva shahar sudi matbuot xizmati rahbari Anna Usacheva O‘zbekiston fuqarolari Juraboy Ashirov, Xurshid Normurodov, Rustam Xarisov va Vaxob To‘rayevlar qotillik, talon taroj va jinsiy tajovvuz sodir etganikda ayblanmoqda, deya ma‘lum qildi.

- Joriy haftada ishni ko‘rish davom etmoqda. Kecha, undan oldingi kun va bugun ham sud mahkamas bo‘ldi. Hozir prokuror tomonidan yig‘ilgan materiallar sudga taqdim etildi. Qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan Normurodov va Xarisovlar fransiyalik vino ishlab chiqaruvchi Spinellining raqifasini zo‘rlaganlikda va kvartirani tunaganliklarini bo‘yniga oldi, lekin ular qotillik sodir etganlarini tan olmadi,- deya ma‘lum qildi Moskva shahar sudi rasmiysi.

Mazkur ish yuzasidan jinoiy javobgarlikka tortilgan Rossiya fuqarosi Jo‘raboy Ashirov va o‘zbekistonlik Vaxob To‘rayevlar Terri Gi Spinelli kvartirasidan olib chiqilgan buyumlarni sotishda va O‘zbekistonga qochib ketishga harkat qilgan ayblanuvchilarga ko‘maklashganlikda ayblanmoqda.

Tergov tomonidan e‘lon qilingan materiallarga ko‘ra, vino ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan fransiyalik tadbirkor Terri Gi Spinelli, uning rafiqasi Olga va Eliza ismli 3 yoshli qizchasining jasadlari 2009 yilning 20 aprelida Moskva markazidagi Tvyerskaya-Yamskaya ko‘chasidagi kvartirada chiqqan yong‘inni o‘chirish paytida topilgan.

Tergovchilar yong‘indan avval Spinelli oilasining barcha a‘zolari o‘ldirilgan, degan xulosaga kelgan. Pod‘ezdda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari yordamida jinoyatchilar ikki nafar bo‘lgani va ular bir qavat yuqoriroqdagi kvartira remonti bilan shug‘ullangan mardikorlar ekani aniqlangan.

Rossiya Bosh prokuraturasining ekstraditsiya masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i muovini Vadim Yalovitskiy so‘zlariga ko‘ra, kvartiradan qimmatbaho buyumlar va katta miqdorda valyuta o‘g‘irlab ketilgan.

- Normurodov sheriklari bilan Fransiya fuqarosi Spinelli kvartirasiga kirib, uning rafiqasi va voyaga yetmagan qizchasini o‘ldirgan. Shuningdek, kvartiradan yirik miqdorda moddiy buyumlar, jumladan 20 ming yevro o‘marilgan,- dedi prokuratura rasmiysi.

Unga ko‘ra, Normurodov, Xarisov, Ashirov va To‘rayevlar voqeadan bir kun o‘tib barcha arzigulik buyumlarni olib chiqib ketgan va izlarini yo‘qotish maqsadida kvartirani yoqib yuborgan. Sodir etilgan qotillik yuzasidan Rossiya Jinoyat Kodeksining 105 moddasi (qotillik) bo‘yicha jinoiy ishi ochilgan va o‘zbekistonlik muhojirlarning ayblari tasdiqlansa, sodir etilgan jinoyat og‘irligini hisobga olgan holda, ular 20 yildan umrbod qamoq jazosigacha bo‘lgan muddatlarga mahkum etilishi mumkin.

Prokuratura taxminlariga ko‘ra, Normurodov va Xarisovlar Spinellining “Leksus ” avtomobilini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan. Dastlab ular kvartira egasini temir truba bilan urib xushidan ketkazgan. So‘ngra vannada yuvinayotgan Olgani va 3 yoshli Elizani chavaqlab o‘ldirgan.

Eng dahshatlisi, deydi o‘z ismini oshkor qilishni istamagan tergovchilardan biri, ular jasadlar yonida ziyofat ham qilgan: bardagi qimmat konyakni ichib muzlatkichda topilgan oziq-ovqat bilan qornilarini to‘ydirgan.

Qidiruvga berilgan Normurodov soxta xujjatlar bilan Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tayotganda qo‘lga olingan va Moskvaga ekstraditsiya qilingan, deydi tegov ishlarini olib borgan Bosh prokuratura xodimi Denis Semyonov.

- Biz tez vaqt ichida 24 yashar O‘zbekiston fuqarosi Normurodov Xurshidning iziga tushdik va yig‘ilgan dalil-isbotlar asosida Spinelli oilasini o‘ldirganlik bo‘yicha ayblov e‘lon qildik. Shuningdek, qo‘lga olishda Normurodovdan Spinelli kvartirasidan o‘marilgan pul va buyumlar musodara qilingan,- deydi Semenov.

O‘zbekistonliklarni himoya qilayotgan advokatlardan biri Yelena Knyazevaga ko‘ra, bir necha oydan keyin yana bir o‘zbekistonlik Rustam Xarisov militsiyaga o‘zi kelib jinoyatni sodir etganlikda iqror bo‘lgan, deya ma‘lum qildi.

Advokat Normurodov va Xarisovlar bu jinoyatni sodir etishga ularning og‘ir iqtisodiy sharoitlari majbur qilganini aytadi. Ammo olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli Normurodov oldin ham talon-taroj sodir etganlikda ayblanib O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Marhum Terri gi Spinelli «Shato Le Gran Vostok» shirkati direktori sifatida 2003 yildan beri Rossiyada ishlab kelgan. Spinelli shuningdek Fransiyaning Bordo provinsiyasi vino ishlab chiqaruvchilarining Rossiyadagi rasmiy vakili ham bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG