Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:12

Moskvaning Domodedovo aeroportida portlash bo‘ldi


Moskvadagi Domodedovo aeroportida portlash sodir bo‘ldi va kamida 10 kishi o‘lgani xabar qilindi.

Bu haqda Rossiya huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib Interfax agentligi bergan xabarga ko‘ra, portlash aeroportning xalqaro reyslar qabul qilinadigan qismidagi yukxonalardan birida hudkush tomonidan amalga oshirilgan.

Portlashdan kamida 20 ga yaqin odam jarohatlangani xabar qilinmoqda.

Hodisa ortidan aeroport ma‘muriyatiga bog‘langan Ozodlik muxbiri aniq ma‘lumot olishga muvaffaq bo‘lmadi.

Moskva shahrida va shahardagi boshqa aeroportlarda xavfsizlik xizmati kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.

Domodedovo aeroporti eng gavjum aeroportlardan biridir va bu aeroport orkali O‘zbekistonni dunyo bilan bog‘laydigan ko‘plab reyslar amalga oshiriladi.

Hozircha portlashda jarohatlanganlar orasida o‘zbeklarning bor yoki yo‘qligiga oid biror xabar yo‘q.
XS
SM
MD
LG