Линклар

logo-print
"Yosh to'lqin" taxririyati "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknini yangi maqolalar bilan to'ldirishni davom ettiradi. Bu ruknda biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning mashhur YouTube saytiga qo'ygan qiziqarli videolarini chiqaramiz.

Bugungi videoni bizga Zafarjon ismli mushtariyimiz yo'lladi. Bu videoda O'zbekistondan Rossiyaga borib ishlayotgan yosh muhojir militsiya bo'limida qari kampirning pulini o'g'irlagan kissavurni qangay qilib ushlaganini siniq rus tilida o'zbekcha aralashtirib tushuntirayotgani tasvirlangan.



Videoda tasvirlangan voqea ayrimlar uchun kulgili, ayrimlar uchun esa achinarli bo'lishi mumkin. Bu videoni sizga havola qilishimizdan asosiy maqsad esa Rossiyada millionlab ishlab yurgan yurtdoshlarimizning asosiy muammolaridan biriga, ya'ni rus tilini bilmaslik muammosiga e'tiboringizni qaratish.

****
YouTubeda o'zbekistonliklarning qiziqarli videolariga duch keldingizmi? Videoning linkini bizning yoshtolqin@gmail.com elektron manzilimizga jo'nating. Biz ularni albatta "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknimizda joylashtiramiz.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG