Линклар

logo-print
3 avgust kuni Qohirada boshlangan mahkamaga olib kelingan Misr sobiq prezidenti o‘zining aybsizligini aytmoqda.

3 avgust kuni Qohirada Misr sobiq prezidenti Husni Muborak ustidan mahkama jarayoni boshlandi.

Misrni 30 yil davomida boshqargan 83 yashar Muborak korrupsiya va tinch namoyishchilarga o‘t ochish haqida buyruq berganlikda ayblanmoqda.

Yanvar-fevral oylarida Misrda yuzaga chiqqan xalq isyoni chog‘ida 850 odam xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘ldirilgan va to‘xtovsiz davom etgan norozilik namoyishlari bosimi ostida 11 fevral kuni Muborak hokimiyatdan voz kechishga majbur bo‘lgan edi.

Aprel oyidan beri Sharm ash-Shayxdagi kasalxonada saqlanib kelingan Muborak Qohira chekkasidagi Politsiya akademiyasi zalida boshlangan mahkama zaliga maxsus harbiy vyertolyotda olib kelindi.



Muborak vrachlari va himoyachilari uning salomatligi yomonlashgani bois¸ mahkamada qatnasha olishiga shubha bildirayotgan edilar. Ammo qoralovchi bayonotini panjara ichidagi kasalxona to‘shagida yotganicha eshitgan Muborak¸ o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblarni rad qildi.

Muborak bilan bir qatorda chorshanba kungi mahkamada uning ikkala o‘g‘li Alaa va Gamal ¸ shuningdek Misr sobiq Ichki ishlar vaziri va yana boshqa olti sobiq rasmiy ham aybdorlar kursisida o‘tiribdi.

Politsiya akademiyasi atrofidagi xavfsizlikni ta‘minlash uchun 3000 nafardan ortiq politsiya kuchlari jalb etilganiga qaramay¸ Muborak mahkamasi boshlanishi arafasida uning tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga chiqdi.

4000 sahifadan iborat ayblov hujjatlari bilan yaxshiroq tanishib chiqish maqsadida Muborak himoyachilari sud majlisini kechiktirishni so‘ragan edi.

3 avgust kungi sud majlisi boshlanganidan ko‘p o‘tmay ushbu so‘rov asosida 15 avgustga qoldirildi.

Sobiq rejimdan mustaqil ekani aytilayotgan nufuzli hakam Ahmed Refaat¸ Misr xalqi adolat qaror topishini kutayotgan bu jarayonni imkon qadar tezlikda yakunlash niyatida ekanini bildirgan.

Muborak¸ uning o‘g‘illari va sobiq rejimning yuqori darajali rasmiylari ustidan boshlangan mahkama jarayoni milliy telekanalllar orqali jonli tarzda namoyish etildi.

Mamlakatning kattayu kichik shaharlari markaziy maydonlariga o‘rnatilgan ulkan ekranlar orqali misrliklar bu mahkamani jamoa bo‘lib kuzatishdi.

Mamlakatni 30 yil davomida qo‘rquv iskajasida ushlab kelgan Muborak¸ uning yaqinlargacha qudratli o‘g‘illari va rejim amaldorlarining mahkamaga tortilishini nafaqat misrliklar¸ balki aksariyati avtoritar hukmdorlar qo‘l ostida yashayotgan arab dunyosi ham katta qiziqish bilan kuzatmoqda.

Agar o‘ziga qo‘yilayotgan ayblar mahkama jarayonida tasdig‘ini topsa¸ Husni Muborak o‘lim jazosiga hukm etilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG