Линклар

Misr bosh prokurorining yakshanba kungi farmoyishiga binoan sobiq prezident Husni Muborak Qizil dengiz bo‘yidagi Sharm al-Shayx shahridagi kasalxonadan harbiy turmaga o‘tkaziladi.

Misr rasmiy axborot agentligi avvalroq Muborakning Qohiradagi Tora turmasi kasalxonasiga ko‘chirilajagi to‘g‘risida xabar qilgan edi. Biroq keyin, kasalxonada zaruriy uskunalar yo‘q ekanligi aniqlangan.

Muborak o‘g‘illari tergov uchun 15 kunga hibsga olinganini eshitganidan so‘ng 13 aprel kuni yurak huruji bilan kasalxonaga tushib qolgan edi.

Husni Muborak korrupsionerlikda ham joriy yil boshida bo‘lib o‘tgan norozilik mitinglari ishtirokchilarini o‘ldirganlikda ayblanmoqda.
XS
SM
MD
LG