Линклар

Xalqaro futbol federatsiyasi rahbarligiga o‘z nomzodini ilgari surgan qatarlik Muhammad bin Hammam FIFA prezidentligi uchun saylovda ovozlarni sotib olishga urinishda ayblandi va har qanday futbol faoliyatidan umrbod chetlatildi.

Avvalroq, FIFA vitse-prezidenti Jek Uorner ham Muhammad bin Hammam bilan birgalikda Karib havzasi davlatlari a‘zolariga 40 ming dollar pora berganlikda ayblanib, o‘z lavozimidan chetlatilgandi.

O‘z navbatida Muhammad bin Hammam o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni inkor qilmoqda va o‘zini oqlash uchun oxirigacha kurashishini aytmoqda.

Shu yilning may oyida Muhammad bin Hammam FIFA rahbarligini qo‘lga kiritish maqsadida tashkilotning boshqa a‘zolariga pora berganlik ayblovlari bilan bog‘liq janjal bois o‘z nomzodini qaytarib olgan va tashkilotning etika masalalari bo‘yicha qo‘mitasi uni Osiyo Futbol federatsiyasi rasiligidan vaqtincha chetlashtirgan edi.
XS
SM
MD
LG