Линклар

Soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat qiladigan yangi terminal mahalliy reyslar uchun mo‘ljallangani aytilmoqda.

Toshkent aeroportining o‘zini tanishtirmagan xodimi bergan ma‘lumotga ko‘ra, o‘tgan yili qurilishi boshlangan yangi terminalning sentabr oyida, O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan ishga tushirilishi kutilmoqda.

- Hozirchalik bitmagan. Mustaqilikkka ochiladi degan gap borda hozircha. Viloyatlarga uchadigan yangi terminal qurilayapti,- dedi Toshkent aeroportining o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Toshkent aeroportidan yangi terminal borasida boshqa rasmiy ma‘lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

Yangi terminalning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqqan “Tashgiprogor” tashkilotining mutasaddisi Sergey Denisov ham bu borada ma‘lumot berishdan bosh tortdi.

Ammo, Regnum agentligi berayotgan xabarga ko‘ra, soatiga 400 kishiga xizmat ko‘rsatishi aytilayotgan yangi terminalning qurilishi ishlari 90 foizga bitgan.

Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston ichidagi mahalliy reyslar uchun qurilayotgan bu terminal zamonaviy talablarga javob beradigan qilib qurilmoqda.

Umumiy qiymati 54 million AQSh dollaridan oshiqroqni tashkil qilayotgan aerovokzalning birinchi qavatida kelayotgan mahalliy reyslarni kutib olish, uchish uchun ro‘yxatdan o‘tish, aloqa, kassa, medpunkt, vaqtinchalik yuk saqlash xonasi, apteka va yukxonalar joylashadi.

Ikkinchi qavatida esa kutish zali, yukni qabul qilish joyi, uchish ketish va kelish hududlari joylashadi.

Regunm xabariga ko‘ra, hozir ushbu bo‘limlarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Yangi terminalda 10 ta samolyot uchun perron bo‘lishi, shuningdek, u aeroportning hozirgi binosidan biroz uzoqda qurilayotgan bois yo‘lovchilarni unga eltuvchi maxsus yo‘llar ham qurilayotgani aytilmoqda.

Hozirgi aeroport yaqinidagi shahar avtobuslari oxirgi bekati ham yangi terminal binosi yoniga ko‘chiriladi.

Yangi terminal binosida zamonaviy xavfsizlik tizimiga qattiq e‘tibor berilayotgani, binoning ichki va tashqi tomonidan muntazam va aniq nazoratni ta‘minlovchi eng zamonaviy texnlogiya bilan jihozlanayotgani aytilmoqda.

Ayni kezda Toshkent aeroportida fevral oyida joriy etilgan kuchaytirilgan xavfsizlik nazorati tartibi saqlanib qolmoqda.

Aeroportning o‘zini tanishtirmagan xodimi bu tartib qachon bekor qilinishi mumkinligi, xususan, kuzatuvchi va kutib oluvchi yana qancha vaqt avtostoyankadan narida yaqinlarini poylashga majbur bo‘lishi yuzasidan aniqlik kirita olmadi.

- Kuzatuvchilar stoyankada qolishadi. Har doim shunaqa. Hozirgacha stoyankada qolishayapti kuzatuvchilar,- dedi suhbatdosh.

Kuchaytirilgan xavfsizlik choralari bois yo‘lovchilarning qiynalishi inobatga olingan holda yuki ko‘p bo‘lgan bolali ayollarga imtiyozlar berilganini ham qo‘shimcha qildi suhbatdoshimiz.

- Agar qo‘lida bolasi bor bo‘lsa, yuklari ko‘p bo‘lsa, kuzatuvchilardan bittasiga ichkariga kirishga ruxsat beriladi yuklarni olib chiqish qo‘yishga ërdam berishga. Agar ko‘pgina yuk bilan bolali aël kelgan bo‘lsa, kutib oluvchi odam oxranadan so‘rashadi. Pasport bilan ichkariga kirishlari mumkin ërdam berishga yuklarini olib chiqishga,- deydi Toshkent aeroportining o‘zini tanishtirmagan xodimi.
XS
SM
MD
LG