Линклар

Namangan shahar jinoiy ishlar bo‘yicha sudi hukmiga ko‘ra, 7 kishi “Islom jihodchilari” diniy oqimiga aloqadorlikda ayblanib, 5 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.

O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhiga ko‘ra, sudlanuvchilarning barchasi JKning 159-moddasi (O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244/2-moddasi(taqiqlangan tashkilotlarga aloqadorlik) bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Tashabbus guruhi yoyinlagan ma‘lumotga ko‘ra, sudlanuvchilarga nisbatan jinoiy ishlar soxtalashtirilgan bo‘lib, tergov va mahkama jarayonlarida qonunbuzarlik holatlari kuzatilgan.
XS
SM
MD
LG