Линклар

logo-print
Qohira sudi yakshanba kuni Misr prezidenti Husni Muborakni iste‘foga chiqishga majbur qilgan ommaviy norozilik namoyishlari ishtirokchilarini o‘qqa tutishda ayblanganlar ustidan o‘tkazilgan sudlovda dastlabki o‘lim jazosi to‘g‘risida hukm chiqardi.

Kamida 20 kishini otib o‘ldirganlikda hamda yana bir qancha kishini yaralaganlikda aybdor, deb topilgan politsiya zobiti Muhammad Mahmudni o‘lim jazosiga mahkum etish to‘g‘risidagi hukm sirtdan chiqarildi.
Misr sudlarida namoyishchilarga o‘q uzgan yana o‘nlab politsiya xodimi ustidan ochilgan jinoyat ishlari ko‘rilmoqda.

Rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda, joriy yil boshida 18 kun davom etgan ommaviy norozilik namoyishlari chog‘ida kamida 846 namoyishchi o‘ldirilgan.
XS
SM
MD
LG