Линклар

Kuni kecha AQShning Fazo tadqiqotlar markazi (NASA) shimoliy Afg'oniston tarafdan O'zbekiston va Tojikiston tomon esgan ko'lamli qumbo'ronning fazodan olingan suratini chop etdi.

Bu rangli surat 25 iyun kuni NASAning "Terra" sun'iy yo'ldoshi yordamida olindi. Suratda ko'rinib turganiday, keng ko'lamli qumbo'ron Afg'onistonning shimoliy, O'zbekiston va Tojikistonning janibuy huhudlarini qoplagan. Qumboron quyuqligidan fazodan turib yer yuzini ko'rishning imkoni qolmagan.

NASA saytida aytilishicha, cho'llar ko'pligi sabab bu mintaqada qumboron tez-tez takrorlanib turadigan tabiat hodisasi. Yuqoridagi suratdagi o'q rangli muzliklarning ayrimlari xiraroq rangdaligi qumbo'ronlarni muzliklargacha yetib borganligi haqida tahmin tug'dirmoqda, deydi NASA mutahassislari. Bu esa muzliklarning erishishini tezlashtirishi mumkin.
XS
SM
MD
LG