Линклар

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Kubogida qatnashayotgan Qarshining "Nasaf" va G'uzorning "Sho'rtan" futbol klublari guruh bosqichlarini muvaffaqiyatli yakunlab, pley-of o'yinlariga chiqishdi. OFK Chempionlar ligasining "B" guruhida top surgayotgan "Paxtakor" esa guruhda eng oz ochko olib, musobaqadan chiqishga majbur.

Yamanning "Al Saqr" klubi mehmoni bo'lgan "Sho'rtan" o'yinda minimal 0:1 hisobi bilan qozondi va Quvaytning "Al Qadsi" klubining Suriyaning "Al Ittiad"i ustidan qozongan g'alabasi tufayli guruhda ikkinchi kelib, pley-of o'yinlariga yo'llanma oldi.

Guruh o'yinlari doirasidagi so'ngi o'yinini "Nasaf" o'z uyida Yamanning "Al Tilal" klubiga qarshi o'tkazdi. Qiziqarli va gollarga boy o'yin qarshiliklarning yirik 7:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Nasaf" gollarini Artur Gevorkyan ('3), Nosirbek Otaqo'ziyev (xettrik - '22, '31, '37), Ivan Boskovich (dubl - '28, '3) va Ilhom Yunusovlar ('57) kiritishdi. "Al Tilal"ning yagona javob goliga Lami Inata Galeta ('32) mualliflik qildi.

Aytib o'tish joiz, guruh bosqichida "Nasaf" klubi Kubokda qatnashayotgan 32 jamoalar orasida eng yaxshi natija ko'rsatdi. 6 o'yinda maksimal 18 okcho to'plagan qarshiliklar har o'yinda raqib darvozasiga o'rtacha 5 to'p kirita olishdi.

Shunday qilib, OFK Kubogida qatnashayotgan o'zbekistonlik ikkala klub ham pley-of o'yinlariga yo'llanma oldi. OFK Chempionlar ligasida esa faqat "Bunyodkor" pley-ofga chiqa oldi, holos. Guruh bosqichining so'ngi o'yinida o'z uyida Qatarning "Al Sadd" klubi bilan durang o'ynagan "Paxtakor" klubi "B" guruhida eng oz ochko to'plab, musobaqadan chiqishga majbur bo'ldi.

"Paxtakor" - "Al Sadd" o'yinidagi go'llar videolari:



XS
SM
MD
LG