Линклар

NATO Afg‘oniston janubida amalga oshirgan havo zarbalari oqibatida tinch fuqarolar nobud bo‘lgani uchun kechirim so‘radi.

NATO uchqichlari shanba kuni Helmand viloyatining Navzad tumanida uyushtirgan hujum oqibatida 10 nafar bola, ikki ayol va ikki erkak nobud bo‘lgani aytilmoqda.

NATO generali Jon Tulan Helmanddagi xonadonlardan biri terrorchilarga tegishliligi ishonilgan holda, u nishonga olinganini aytdi.

Hujum oqibatida halok bo‘lganlarning yaqinlariga NATO tovon puli beradigan bo‘ldi.

Hujumga munosabat bildirgan Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay bunday amaliyotlar “Afg‘oniston bolalari va ayollarini o‘ldirayotgani”ni ta‘kidladi.

Prezident Karzay NATOni bir necha bor tanqid qilib, begunoh insonlar o‘ldirilishini to‘xtata olmayotganlikda aybladi.
XS
SM
MD
LG