Линклар

Afg‘oniston rasmiylari NATO uchqichlari mamlakat janubida uyushtirgan hujum oqibatida 14 kishi, shu jumladan, ayollar va bolalar nobud bo‘lganini bildirdi.

Helmand viloyat hokimligi matbuot kotibi Dovud Ahmadiy shanba kuni Navzad tumanida amalga oshirilgan hujum paytida yana olti kishi yaralanganini aytdi.

Viloyat hokimi e‘lon qilgan bayonotda halok bo‘lgan 14 kishidan 12 nafari bolalar ekani ma‘lum qilingan.

NATOning matbuot vakili mayor Tim Jeyms voqea yuz bergan joyda tekshiruv olib borilayotganini bildirdi.
XS
SM
MD
LG