Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:41

NATO kompyuter tarmog‘i hakerlar hujumiga uchradi


O‘zini Anonim (Anonymous) deb atagan kompyuter hakerlari guruhi bugun NATO kompyuter serveriga xuruj qilganini e‘lon qildi.

Bu da‘vosi isboti o‘laroq guruh NATO ga tegishli ekani aytilayotgan ikki rasmiy hujjatni jamoatchilikka e‘lon qildi.

“Qo‘limizda juda ham ko‘p maxfiy materiallar bor. Yaqin kunlarda qiziqarli axborotlarni kuting”¸ deyiladi Anonim guruhi tarqatgan xabarda.

Germaniyaning DPA axborot agentligi NATO rasmiysining “biz kompyuter servyerimiz xavfsizligi buzilganidan ogohmiz va bu harakatni qoralaymiz” degan gaplarini iqtibos keltirdi.

Anonim guruhi avvallari ham internet xizmatlariga uyushtirilgan hujumlarda gumon qilingan.

Britaniya¸ Hollandiya va yaqinda AQSh da mazkur guruh a‘zoligida gumon qilingan shaxslar hakerlik hujumi bilan bog‘liq ayblar bilan qamoqqa olindi.
XS
SM
MD
LG