Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:34

NATO Liviyada yangi havo hujumlarini amalga oshirdi


Janubiy Afrika Prezidenti Jeykob Zumaning Qaddafiy va isyonchilar o‘rtasida vositachilik qilishga tayyorligini e‘lon qilganidan keyin ham NATO Liviyaga havo zarbalari berdi.

Liviya televideniyesi ma‘lumotiga ko‘ra, havo hujumlari Tripoli va Al-Jafra shaharlarida amalga oshirildi.

Dushanba kuni prezident Zuma Tripolida Qaddafiy bilan muzokaralar o‘tkazgach, Liviya rahbari o‘t ochishni to‘xtatish va muxolifat bilan muzokara o‘tkazishga tayyorligini e‘lon qilgan edi.

Biroq Jeykob Zuma Qaddafiy iste‘fosi haqida biror so‘z aytmadi.

Liviyada fevral oyidan buyon Qaddafiy rejimiga qarshi kurashayotgan isyonchilar Qaddafiyning ketishini talab etmoqda.

Ayni paytda Liviya Armiyasining sakkiz harbiy rahbari, jumladan besh general Qaddafiy rejimini tark etganliklarini e‘lon qildi.
XS
SM
MD
LG