Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:22

NATO Liviyadagi amaliyotlar qo‘mondonligini qabul qildi


NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Shimoliy atlantika harbiy bloki Liviyadagi barcha havo amaliyotlari qo‘mondonligini qabul qilib olganini bildirdi.

Missiyaning asosiy vazifasi Liviya uzra uchish taqiqlangan zona rejimi va qurol embargosi buzilmasligini ta‘minlash hamda tinch aholini Liviya rahbari Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar hujumidan himoya qilishdan iborat.

Shu paytgacha Liviyadagi havo hujumlari qo‘mondonligi vazifasini AQSh, Britaniya va Fransiya harbiylari bajarayotgan edi. AQSh yetakchiligidagi koalitsiya kuchlari 19 martdan beri Liviya hukumati kuchlariga qarshi amaliyotlar o‘tkazmoqda.

NATO yakshanba kuni Liviyadagi harbiy amaliyotlar qo‘mondonligini qabul qilib olish haqida qaror qabul qilgan edi.
XS
SM
MD
LG