Линклар

logo-print
NATO Liviya poytaxti Tripoli shahriga yakshanba kuni havodan zarbalar berilgan paytda tinch aholi qurbon bo‘lganini tan oldi.

NATO bayonotida aytilishicha, aftidan, raketalardan biri texnik nosozlik tufayli nishonni noto‘g‘ri olgan va oqibatda tinch aholi nobud bo‘lgan.

Yakshanba kuni ertalab Liviya hukumati tinch aholidan 9 kishini o‘ldirganlikda NATOni ayblab bayonot bergan edi.

Liviya tashqi ishlar vaziri Abdul-Ati al-Obeydi jurnalistlarga 9 kishi, shu jumladan 2 bola o‘lgani, 18 kishi yaralangani to‘g‘risida bayonot berdi.

Ayni paytda isyonchilar nazorat qilayotgan Misirata shahrida yakshanba kuni yana janglar bo‘lib o‘tdi.

Isyonchilar tarqatgan ma‘lumotga qaraganda, shaharni Muammar Qaddafiy kuchlari o‘qqa tutishi oqibatida 9 kishi nobud bo‘ldi, 50 dan ziyodi yaralandi.
XS
SM
MD
LG