Линклар

Liviya hukumati rasmiy vakili Mussa Ibrohimga ko‘ra, NATO harbiy uchoqlaridan berilgan zarbalar oqibatida kamida 3 kishi o‘lgan, 150 kishi yaralangan.

NATO harbiy uchoqlari bugun Liviya poytaxti Tripoliga kamida yigirma marta zarba berdi.

Vaziyatni kuzatib turganlarning aytishicha, bugungi hujumlar Liviya yetakchisi Muammar Qaddafiy rejimiga qarshi xalqaro amaliyotlar boshlanganidan buyon amalga oshirilgan eng kuchli hujumdir.
Xabarlarga qaraganda, havo zarbalari Muammar Qaddafiy qarorgohiga berilgan.

Bugungi hujumlar arafasida Fransiya o‘z harbiy vyertolyotlarini Liviyaga yubrajagini e‘lon qildi.

NATO Liviyada BMT Xavfsizlik kengashining Liviya tinch aholisini himoya qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga binoan amaliyotlar o‘tkazmoqda.
XS
SM
MD
LG